O'zbekiston

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda foydalaniladigan matematika va ingliz tili bo‘yicha xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy tarzda olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Aniqlanishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filialida, yana bir nafari Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridagi oliy ta’lim muassasasining poytaxtdagi filialida tahsil olgan. Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida maxsus “bunker” tashkil qilgan.

 

Guruh faoliyatida IT sohasiga ixtisoslashgan MChJ mutaxassisi ham ishtirok etgan. U yashirin tarzda tizimga kirib, test savollarini ishlash imkoniyatini yaratgan. Shundan so‘ng talabalar masofadan turib, imtihon topshirayotgan fuqarolar o‘rniga test savollarini yechish bilan shug‘ullangan.

 

Bundan tashqari, guruh a’zolaridan biri xalqaro “SAT” sertifikatini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming AQSH dollaridan talab qilgan. U hatto ulardan birining pul mablag‘larini kriptohamyon orqali olishga ulgurgan.

 

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

custom img

Buxoroda qidiruvdagi mashina sotib yuborildi

Keyinchalik avtomashina MIB orqali xaridorning o‘yidan topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"