Buxoroda qidiruvdagi mashina sotib yuborildi
Keyinchalik avtomashina MIB orqali xaridorning o‘yidan topilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudi ijro hujjatiga ko‘ra, Jondor tumanida yashovchi qarzdor K.J.dan undiruvchi ATB “Agrobank”foydasiga 45 839 200 so‘m va Romitan tumanlararo sudi ijro hujjatiga ko‘ra, esa 48 444 000 so‘m kredit qarzlarini undirish belgilangan.
Qarzdorga muddat berilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik bartaraf qilinmagan.
Ish yurituvda qarzdorga nisbatan 200 million so‘mdan ortiq bir necha ijro hujjatlari mavjud. Qarzdor nomidagi mol-mulklarga taqiq qo‘yilib, “Lacetti” avtomashinasiga qidiruv eʼlon qilingan.
Qarzdor qarzini to‘lash o‘rniga, keyinchalik rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, avtomashinani tanishiga sotib yuborgan. Achinarlisi, xaridor holatdan xabardor bo‘lib, qidiruvdagi avtomashinani uyiga yashirib qo‘ygan.
Ijro harakatlari davomida qidiruvdagi avtomashina xaridor uyidan topildi. Endi, xaridor pulini qaytarishni so‘ramoqda.Hozirda, ijro harakatlari davom etmoqda.







