O'zbekiston

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

 

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

 

Davlat rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hududni rivojlantirish uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Jumladan, foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi. Ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foiz etib belgilandi.

 

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 22 karra ko‘p.

 

Joriy yilning birinchi yarmida hudud iqtisodiyoti 10,2 foiz o‘sdi. Natijada Qoraqalpog‘iston iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

Energetika sohasida ham sezilarli natijalarga erishilgan. So‘nggi yillarda hududda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida shamol elektr stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiyaning ulushi 23 foizga yetdi.

 

Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik ehtiyojidan qariyb 3 barobar ko‘p.

 

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonda energetika salohiyatini yanada kengaytirishga qaratilgan yangi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Kecha hududda umumiy qiymati 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyihani amalga oshirishga start berildi.

 

Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanida 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.

 

2030-yilgacha Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 3 ming 300 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada “yashil” energiyaning hududdagi ulushi 76 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi.

 

Bu loyihalar amalga oshirilishi natijasida Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Buxoroda qidiruvdagi mashina sotib yuborildi

Keyinchalik avtomashina MIB orqali xaridorning o‘yidan topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"