Jahon

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi


18-sentyabr kuni Tehronda yuz minglab odam ishtirokida AQSHga qarshi yirik namoyish o‘tkazildi. Tadbirda hukumat tomonidan yaqinda tuzilgan ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, uning aʼzolari qurolli va favqulodda vaziyatlarga javob berish bo‘yicha cheklangan tayyorgarlikdan o‘tishi maʼlum qilindi.


 
Namoyish ishtirokchilari Tehron markazidagi ko‘chalardan harbiy kiyimlarda o‘tgan. Ayrimlari bayroq va qurollarni ko‘targan. Tadbir davomida dronlar, zenit mudofaa tizimlari va boshqa harbiy texnika ham namoyish etilgan.


 
Eron rasmiylari mitingda 313 ming kishi qatnashganini bildirdi. Biroq bu raqamni mustaqil ravishda tasdiqlashning imkoni bo‘lmagan. Eron Inqilobiy gvardiyasi qo‘mondoni Hasan Hassanzoda esa yangi ko‘ngillilar kampaniyasida 600 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tganini, mashg‘ulotlarga bir milliondan ortiq odam jalb etilishi kutilayotganini aytdi.


 
“Eron uchun jonini fido qilishga tayyorlar” mazmunini anglatuvchi «Janfada-e Iran» kampaniyasi doirasida tashkil etilgan kuch mamlakat xavfsizlik tizimida qo‘shimcha qatlam sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Eron rasmiylari bu tashabbusni mamlakatni ehtimoliy yangi mojaro va xavflarga tayyorlash strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rsatmoqda.


 
Namoyishda Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon va Basij kuchlari rahbari Husayn Toib ham qatnashdi. Toib ko‘ngillilar “to‘laqonli mudofaa”ga tayyor bo‘lishini taʼkidladi. Miting AQSHning Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasi va yangi sanksiyalar fonida o‘tkazildi. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy Vashingtonning iqtisodiy bosimini keskin tanqid qildi.


 
Maʼlumotlarga ko‘ra, yangi ko‘ngillilarni safarbar qilish kampaniyasi AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari kuchaygan davrda, aprel oyida boshlangan. Eron rasmiylari potensial safarbarlik uchun 30 milliondan ortiq odam ro‘yxatdan o‘tganini bildirgan.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 6 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"