O'zbekiston

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi hamda YHXB xodimlari hamkorligida o‘tkazilayotgan “AVTOKON” tadbiri doirasida qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha nazorat va qidiruv tadbirlari olib borildi.



Tadbir davomida ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvga berilgan bir qator avtotransport vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda ushlandi. Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirildi.



Qidiruvdagi mol-mulkning topilishi ijro jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Byuroning Qidiruv shoʻbasi va YHXB xodimlari o‘rtasidagi hamkorlik orqali qidiruvdagi transport vositalarini tezkor aniqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"