O'zbekiston

Ovqatdan zaharlanish gumoni: kasalxonaga yotqizilganlar soni 57 nafarga yetdi

Farg‘onada fastfud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Ovqatdan zaharlanish gumoni: kasalxonaga yotqizilganlar soni 57 nafarga yetdi



Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 17–18-sentabr kunlari holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan fuqarolar tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.



18-sentabr soat 20:00 holatiga ko‘ra, 57 nafar fuqaro tibbiy yordam so‘ragan va ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlar orasida og‘ir yoki reanimatsion holatdagi fuqarolar yo‘q.



Dastlabki epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilgan fuqarolarning Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fastfud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida xot-dog va non-burger isteʼmol qilgani aniqlangan.



Shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holati gumon qilinmoqda.



Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda. Tadbirkorlik subyektining faoliyati esa qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

3 ming shifokor va 6,8 ming tibbiyot xodimi: Orolbo‘yida yangi tibbiy akademiya ish boshladi

4,6 gektar maydonda barpo etilgan yangi majmuada 80 ta ish o‘rni yaratildi.

custom img

Prezident Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan stadioniga tashrif buyurdi

Rekonstruksiya natijasida «Turon» stadioni sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tun-u kun ishlaydigan ko‘chada bo‘ldi

Ko‘chalarni obodonlashtirishga 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning «Pearson BTEC» xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.

custom img

Prezident Nukusdagi gazoblok ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

«Coals KS» korxonasi yiliga 300 ming kub metr gazoblok va 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

custom img

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"