O'zbekiston

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

 

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda mavjud tabiiy va energetik salohiyatdan samarali foydalanish, yangi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

 

Davlat rahbari hududda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, shuningdek, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.

 

Ushbu imkoniyatlardan kelib chiqib, “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.

 

Shuningdek, “Qo‘ng‘irot–Qorao‘zak–Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” hamda “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylantiriladi.

 

Sun’iy intellekt va data-markaz loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus zonada umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshirilishi belgilandi.

 

Mutasaddilarga 1-oktabrgacha ushbu yo‘nalish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish topshirildi. Unda investorlar uchun 1 gigavatt quvvatga ega barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, uch yil davomida Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatosh hududlarida 1,5 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi belgilandi.

 

Bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida xizmatlar eksportini rivojlantirish orqali yillik eksport hajmini 600 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

custom img

Buxoroda qidiruvdagi mashina sotib yuborildi

Keyinchalik avtomashina MIB orqali xaridorning o‘yidan topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"