Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi
Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan fuqaroning soliq qarzdorligini undirishga qaratilgan ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaroga tegishli “Volkswagen” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Qayd etish joizki, qarzdorlik belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, xatlangan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.
Bunda mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish va ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida majburiy ijro choralari izchil davom ettirilmoqda.







