O'zbekiston

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish shoʻbasi inspektori M.No‘monjonov ish yurituviga FIB Mirobod tumanlararo sudining 2026 yil 23 avgustdagi ijro varaqasi asosida qarzdor T.T.dan undiruvchi bank XATB foydasiga 232 225 796 so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish hamda undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan, “Changan Shenlan SL03” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2026 yil 2 sentyabr kuni ish yurituvga kelib tushgan.



Mazkur ijro hujjati asosida shu kunning o‘zida ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qonunchilik talablariga muvofiq, qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat belgilangan.



Biroq belgilangan muddat davomida qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishga kirishilgan.



Ijro harakatlari davomida garov mulki sifatida qayd etilgan, qimmatbaho avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur avtotransport vositasini belgilangan tartibda “E-AUKSION” elektron savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

custom img

Buxoroda qidiruvdagi mashina sotib yuborildi

Keyinchalik avtomashina MIB orqali xaridorning o‘yidan topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"