O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

 

Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining 2024 yil 2 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan, huquqbuzar chet el fuqarosiga oid maʼmuriy ish bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan mol-mulklarni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

 

Mazkur ijro hujjati 2024 yil 25 oktyabr kuni Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Unga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida olinib, 1536-sonli yuk xati asosida “Bojxona-servis” DMga vaqtincha saqlovga topshirilgan 1 dona “Kvars 2” yozuvli kinokamera, 1 dona oq rangli metall shtativ hamda 1 dona “Leningrad 2” yozuvli fotoeksponometrni belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish nazarda tutilgan.


Sud qarorining aniqlangan holatlar qismida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Badiiy ekspertiza boshqarmasi bosh mutaxassislari tomonidan 2024 yil 15 avgust kuni o‘tkazilgan ekspertiza natijasiga ko‘ra, mazkur ashyolar madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ekani aniqlangan.



Amaldagi tartibga ko‘ra, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulklar keyinchalik davlat muzeylari hamda ilmiy muassasalarga tekin berish uchun tegishli tartibda topshiriladi.



Shundan kelib chiqib, mazkur madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ashyolar 2026 yil 14 sentyabr kuni tegishli dalolatnoma asosida O‘zbekiston kinosanʼati muzeyiga topshirildi.



custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"