O'zbekiston

Xorijiy hamkorlar e’tibori ortmoqda: Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari va intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirdi.

Xorijiy hamkorlar e’tibori ortmoqda: Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

 

Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan qator loyihalar va obyektlar bilan tanishdi.

 

Tashrif davomida yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘lar ko‘zdan kechirilib, hudud aholisining bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

 

Tashrifning asosiy voqealaridan biri energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.

 

Saida Mirziyoyeva yangi loyihalarning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

 

Uning qayd etishicha, Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmining ortishi va yangi salmoqli loyihalarning ko‘payishi xorijiy hamkorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi hamda e’tibori tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun yaratilayotgan qulay sharoitlarning amaliy natijasidir.

 

Saida Mirziyoyeva sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish hamda ko‘lami yanada yirik yangi loyihalarni ishga tushirish izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"