Jahon

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

 

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbari saylovida barcha byulletenlar hisoblab chiqilgan. “Yagona Rossiya”dan nomzod Ramzan Qodirov 99,85 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

 

Saylovda Qodirovdan tashqari yana ikki nomzod qatnashgan. “Adolatli Rossiya” vakili, Checheniston Jamoatchilik palatasi raisi Ismoil Denilxanov hamda KPRFdan Checheniston parlamenti deputati Xolid Nakayevning har biri 0,05 foizdan ovoz olgan.

 

Bu Qodirovning Checheniston rahbari sifatida uchinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovi bo‘ldi. U 2016-yilgi saylovda 97,94 foiz, 2021-yilgi saylovda esa 99,7 foiz ovoz olgan.

 

Qodirov Chechenistonni 2007-yildan beri boshqarib kelmoqda. Shu jihatdan u Rossiyaning amaldagi mintaqa rahbarlari orasida lavozimda eng uzoq faoliyat yuritayotganlardan biri hisoblanadi.

 

Checheniston Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi mintaqalar orasida rahbarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash tartibi saqlanib qolgan hududlardan biridir. 2026-yilgi saylovda Qodirov o‘z nomzodini ilgari surishni istaganini va mintaqa rahbarini xalqning bevosita ovozi bilan saylash muhimligini aytgan.

 

Saylov natijalariga ko‘ra, Qodirov navbatdagi muddatga Checheniston rahbari lavozimini egallaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"