O'zbekiston

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi


Sirdaryo viloyati Guliston tumanida Damas avtomobilida 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.



Qayd etilishicha, amaldagi yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositasining texnik tavsifida ko‘zda tutilgan yo‘lovchilar sonidan ortiq odam tashish taqiqlangan.



Shunga qaramay, Guliston tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida Damas rusumli transport vositasi yordamida 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketish holati aniqlangan.



Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan haydovchi bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.



Shuningdek, haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-8-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlangani xabar qilingan edi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"