Jahon

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali suhbatlashib, Nyu-Yorkda uchrashishga kelishib oldi. Bu haqda Zelenskiy Ukraina prezidenti rasmiy saytida ma’lum qildi.

 

Zelenskiyning ta’kidlashicha, suhbat davomida ko‘plab masalalar muhokama qilingan. U uchrashuv “ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin”ligini qayd etgan.

 

Ukraina prezidenti, shuningdek, Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Kiyevga tashrifi uchun AQSh prezidentiga minnatdorlik bildirgan. Uning qayd etishicha, tomonlar tinchlikka erishish yo‘lidagi diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

 

Zelenskiy muzokaralar doirasida deeskalatsiya bo‘yicha qadamlar hamda energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, insonlar hayotini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha takliflar borligini aytgan.

 

Ukraina rahbari AQSh tomoni bilan hamkorlik davom etayotganini va jiddiy qadamlar tashlashga tayyorligini bildirgan.

 

Uchrashuv Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"