Jahon

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Jahonda dizel yoqilg‘isi zaxiralari tarixiy eng past darajaga tushib, narxlar rekord ko‘rsatkichlarga yaqinlashmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, yoqilg‘i taqchilligi 2027-yilgacha davom etishi mumkin.

 

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq va Rossiyadan kuniga millionlab barrel neft mahsulotlari yetkazib berilishiga harbiy harakatlar ta’sir ko‘rsatmoqda. AQShda dizel yoqilg‘isining chakana narxi sentyabr oyida ilk bor bir gallon uchun 6 dollardan oshgan.

 

AQSh Energetika axborot boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi dizel zaxiralari 107,9 million barrelgacha kamaygan. Bu 1982-yildan buyon yilning shu davri uchun qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

 

Tahlilchilar zaxiralar 100 million barreldan ham pastga tushishini va 2026-yil oxirigacha, shuningdek, 2027-yilning katta qismida so‘nggi besh yillik o‘rtacha darajadan past bo‘lib qolishini prognoz qilmoqda.

 

Yevropaning Amsterdam–Rotterdam–Antverpen (ARA) neft mahsulotlari markazida iyul oyida dizel zaxiralari so‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 16 foizga past bo‘lgan. Singapurda esa distillyat yoqilg‘ilari zaxirasi 8,2 million barrelni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilgi 9,6 million barreldan kam.

 

Rossiyaning dizel eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni oktabr oxirigacha uzaytirishi kutilmoqda. Bu jahon bozoriga yoqilg‘i yetkazib berilishini yanada qisqartirishi mumkin.

 

Shu bilan birga, Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

 

Ekspertlar Yaqin Sharq yoki Ukrainadagi harbiy harakatlarning yanada kuchayishi, shuningdek, yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan birida avariya yuz berishi yoqilg‘i narxlarining keskin oshishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

 

Jahon bozorida yoqilg‘i ta’minoti neftni qayta ishlash quvvatlarining cheklangani, Rossiya eksportiga qo‘yilgan cheklovlar va qishki talabning oshishi sabab kamida sovuq mavsum oxirigacha cheklangan darajada qolishi kutilmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"