Jahon

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Italiya hukumati maktab sinflarida xorijiy o‘quvchilar sonini cheklash hamda ta’lim muassasalarida burqa va niqob kiyishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda bosh vazir Jorja Meloni ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib bir sinfda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xorijiy o‘quvchilarning maksimal sonini belgilashni nazarda tutadi. Maktab tizimiga moslashishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan xorijiy o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati ham yuklanishi mumkin.

 

Qonun loyihasida maktablarda yuzni to‘liq yopib turuvchi burqa va niqob kiyishni taqiqlash ham ko‘zda tutilgan.

 

“Maktabga yuz ochiq holda kelish kerak. Italiyada hech kim — chinakam yoki o‘ylab topilgan an’ana nomidan — yosh ayol o‘z yuzini yashirishi kerakligini belgilay olmaydi”, — dedi Meloni.

 

Bosh vazir bir sinfda nechta xorijiy o‘quvchiga ruxsat berilishi rejalashtirilayotganini hozircha aniq ma’lum qilmagan.

 

Melonining ta’kidlashicha, sinfda italyan tilini bilmaydigan o‘quvchilar soni kam bo‘lsa, ular o‘qituvchilar va sinfdoshlarining yordami bilan tezroq integratsiyalashishi mumkin. Bunday o‘quvchilar sonining ko‘pligi esa, uning fikricha, ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"