O'zbekiston

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi


Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlovchi va xizmat samaradorligini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi iboralardan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlarni ogohlantirdi.



Qo‘mitaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda tibbiy xizmatlar reklamalarida «kasallikdan bir umrga xalos qilamiz», «mutlaqo xavfsiz», «3 kunda davolaymiz», «hech qanday nojo‘ya taʼsiri yo‘q», «bizga kelgan bemorlarning barchasi sog‘ayadi» kabi iboralar qo‘llanayotgan holatlar kuzatilmoqda.



Qayd etilishicha, reklamada davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish, qarshi ko‘rsatmalarni inkor etish, bemorga muayyan natijani vaʼda qilish yoki organizmning individual xususiyatlarini hisobga olmaslik qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin.



Shuningdek, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmatlarni reklama qilish taqiqlanadi.



«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklama foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan nomaqbul maʼlumotlarni o‘z ichiga olmasligi lozim.
Bundan tashqari, qonunning 47-moddasiga ko‘ra, nomaqbul reklama berganlik yoki aksilreklama berishni rad etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida jarima solinishi mumkin.



«Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama yoki axborot oqibatida sotib olingan tovar, ish yoki xizmat sabab isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi, ijrochi yoki sotuvchi tomonidan to‘liq qoplanishi zarur.



Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlarni reklama qilayotgan tadbirkorlik subyektlarini reklamalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirishga hamda isteʼmolchilarga noto‘g‘ri va chalg‘ituvchi maʼlumotlar berishdan tiyilishga chaqirdi.



Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasi sohasida monitoring ishlarini tizimli ravishda davom ettirishini maʼlum qildi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"