Jahon

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

 

Mamlakat milliy meteorologiya xizmati Météo-France ma’lumotlariga ko‘ra, qizil xavf darajasi Pireney-Orientales, Od va Gard departamentlariga joriy etilgan.

 

Hududlarda havo harorati 34 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Past namlik va sekundiga 15 metrgacha yetadigan shamol esa yong‘inlarning yuzaga kelishi va tez tarqalishi xavfini oshirmoqda.

 

Bundan tashqari, yana beshta departamentda o‘rmon yong‘inlari xavfi to‘q sariq darajaga ko‘tarilgan.

 

Météo-France ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil Fransiyada o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha rekord mavsumlardan biri bo‘lmoqda. Yoz davomida kamida bitta departamentda yong‘in xavfi qizil darajada bo‘lgan kunlar soni 27 taga yetgan. Shuningdek, 8-iyundan 20-avgustgacha 74 kun davomida kamida bitta departamentda yong‘in xavfi yuqori yoki juda yuqori bo‘lgan.

 

Météo-France qayd etishicha, yuqori harorat, yog‘ingarchilikning kamligi, tuproq va o‘simliklarning quruqligi hamda kuchli shamollar yong‘in xavfini sezilarli darajada oshirgan.

 

Ta’kidlanishicha, vaziyat ayrim hududlarda sentyabr oyida ham xavfli bo‘lib qolishi mumkin.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"