Jahon

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2030-yilga kelib dunyo bo‘yicha tibbiyot xodimlari tanqisligi 11,1 million nafarga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

JSST vakili Hassum Dialloning Jenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, ko‘plab mamlakatlarda aholi bilan bir qatorda tibbiyot xodimlari ham qarib bormoqda. Bu esa kelgusida sog‘liqni saqlash tizimlaridagi kadrlar tanqisligini kuchaytirishi mumkin.

 

Tashkilotning 122 mamlakatdagi so‘nggi ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, o‘rtacha hisobda har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta. Yuqori daromadli mamlakatlarda esa bunday shifokorlar ulushi deyarli uchdan biriga yetadi. Ularning katta qismi kelgusi o‘n yil ichida nafaqaga chiqishi kutilmoqda.

 

JSST prognoziga ko‘ra, 2030-yilga borib 67 ta mamlakatda aholining sog‘liqni saqlash ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan tibbiyot xodimlari yetishmasligi mumkin.

 

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha 70 milliondan ortiq tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yigirma yil ichida ularning aholi soniga nisbati 52 foizga oshgan: 2006-yilda har 10 ming kishiga 44,8 nafar tibbiyot xodimi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 67,9 nafarga yetgan.

 

JSST aholining qarishi sog‘liqni saqlash xizmatlariga bo‘lgan talabni ham oshirishini qayd etgan. Shu sababli tashkilot mamlakatlarni tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ishga jalb qilish va ularni tizimda saqlab qolishga qaratilgan uzoq muddatli siyosatni ishlab chiqishga chaqirdi.

 

Tashkilot, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini rejalashtirishda ham aholi, ham tibbiyot xodimlarining demografik o‘zgarishlarini hisobga olish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"