Jahon

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi


AQSHning Yaqin Sharqdagi diplomatik vakolatxonalari mintaqadagi xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirib, Amerika fuqarolarini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.



19-sentyabr kuni AQSHning Bahrayn, Isroil, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAAda faoliyat yurituvchi elchixonalari hamda diplomatik vakolatxonalari tegishli ogohlantirishlarni eʼlon qilgan.



AQSHning Livandagi elchixonasi fuqarolarga hushyor bo‘lishni, shuningdek, ehtimoliy reyslarning bekor qilinishi, havo hududlarining yopilishi va transport qatnovlaridagi uzilishlar haqidagi maʼlumotlardan xabardor bo‘lib turishni tavsiya qilgan.



Diplomatik vakolatxonalar mintaqadagi vaziyat “murakkab”ligicha qolayotganini va harbiy mojaro tez surʼatlarda kuchayishi mumkinligini qayd etgan.



Ogohlantirishlar Yamandagi husiylar harakati va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli ortidan yangragan.



Husiylar shanba kuni Saudiya Arabistonidagi nishonlarga ballistik va qanotli raketalar hamda dronlar yordamida hujumlar uyushtirilganini maʼlum qilgan. Ularning bayonotiga ko‘ra, hujumlardan biri Ar-Riyoddagi nishonlarga, ikkinchisi esa Yanbu shahridagi Saudi Арамсо obyektlariga qaratilgan.



Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili esa qirollik havo mudofaasi Ar-Riyod tomon uchirilgan ballistik raketani tutib qolganini bildirgan. Shuningdek, Baysh, Toif, Farason va Yanbu shaharlari ham hujumlarga uchragani aytilgan.



Mintaqadagi keskinlik fonida AQSH diplomatik vakolatxonalari fuqarolardan xavfsizlik choralariga rioya qilish va transport qatnovlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyor turishni so‘ragan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"