O'zbekiston

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda sohaga xususiy sektor va xorijiy investorlar keng jalb qilinib, yangi generatsiya quvvatlarini yaratish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilgan.

 

Natijada quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 gigavattdan oshgan. Gidroelektr stansiyalar soni esa 100 tadan ko‘payib, ularning umumiy quvvati qariyb 2,5 gigavattga yetgan.

 

Kelgusi yillarda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi kutilmoqda. Xususan, 2030-yilgacha sanoatdagi elektr energiyasi iste’moli 38 milliard kilovatt-soatdan 53,5 milliard kilovatt-soatgacha oshishi prognoz qilinmoqda. Elektromobillar va data-markazlar rivojlanishi ham energiya tizimiga qo‘shimcha yuklama beradi.

 

Shu sababli generatsiya quvvatlarini talabdan oldin rivojlantirish, elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanligini oshirish va yetarli zaxira quvvatlarini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha O‘zbekistondagi jami generatsiya quvvatlari 46,1 gigavattga yetkazilib, yiliga qariyb 129 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. 2035-yilga borib esa bu ko‘rsatkichlarni mos ravishda 57,2 gigavatt va 154,7 milliard kilovatt-soatga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda elektr energiyasi iste’molining turli o‘sish ssenariylari ham ko‘rib chiqildi. Iqtisodiyot, sanoat, elektr transport va raqamli infratuzilma yuqori sur’atlarda rivojlangan taqdirda qo‘shimcha generatsiya quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘lishi qayd etildi.

 

Shundan kelib chiqib, qo‘shimcha shamol elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarini barpo etish, quyosh va shamol energetikasi loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, iqtisodiy samaradorligi past, moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan yoki uzoq vaqt davomida kechikayotgan ayrim loyihalarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi bildirildi. Yangi quvvatlarni tanlashda elektr energiyasi tannarxi, tarmoqqa ulanish imkoniyati, energiya saqlash tizimlari bilan uyg‘unligi va umumiy energobalansga ta’siri asosiy mezon sifatida belgilandi.

 

Hozir energiya saqlash tizimlari bo‘yicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo‘lgan 26 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 17 tasi amalga oshirish bosqichida. 2030-yilgacha ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish taklif etildi.

 

Elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib beruvchi magistral tarmoq va podstansiyalarni ham yangi generatsiya quvvatlari bilan bir vaqtda rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

 

2030-yilgacha 9 ta 220 kilovoltli va 7 ta 500 kilovoltli yangi podstansiya qurish, qariyb 5 ming kilometr yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish rejalashtirilgan. Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash hamda hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

 

Shuningdek, 2027–2029-yillarda bir qator strategik 500 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari va yangi podstansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Taqdimotda ushbu loyihalarning qurilish holati, moliyalashtirilishi va mavjud kechikishlarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"