Jahon

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi



AQSH maʼmuriyati Yaqin Sharqda urushdan zarar ko‘rgan energetika infratuzilmasini tiklashga ko‘maklashuvchi yangi fondga 5 mlrd dollar ajratishni taklif qildi. Bu haqda The Wall Street Journal AQSH va mintaqa rasmiylari hamda hujjatlarga tayanib xabar berdi.



Taklif etilayotgan fondning umumiy hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning uchun AQSH sakkizta mintaqaviy hamkoridan — Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Ummon, Iroq va Iordaniyadan — yana 5 mlrd dollar miqdorida mablag‘ jalb qilishni ko‘zlamoqda.



Fond mablag‘lari Yaqin Sharqdagi shikastlangan neft va gaz infratuzilmasini qayta tiklash bilan birga, energiya eksportining Hurmuz bo‘g‘oziga qaramligini kamaytiradigan muqobil yo‘nalishlar va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.



WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, fondni AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) boshqarishi rejalashtirilmoqda. Biroq yangi fond bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va uning shartlari o‘zgarishi mumkin. Qaysi davlatlar yakunda kelishuvga qo‘shilishi ham hozircha aniq emas.



Nashr ushbu tashabbusni yetti oy davom etgan Eron urushi ortidan mintaqaning energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar va global energiya bozoridagi uzilishlarga javob sifatida baholagan. WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, mojaro davomida mintaqadagi neftni qayta ishlash zavodlari, quvurlar va boshqa energetika obyektlari zarar ko‘rgan.



Shuningdek, Fors ko‘rfazi davlatlari neft eksporti uchun Hurmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalishlarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Biroq ekspertlar bunday infratuzilmani qisqa muddatda barpo etish murakkab bo‘lishi mumkinligini taʼkidlamoqda.



Reuters AQSHning 5 mlrd dollarlik taklifi haqidagi WSJ xabarini hozircha mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini maʼlum qildi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"