O'zbekiston

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi



21-sentyabr kuni soat 11:18 da yuk avtomobili chiqindi to‘kish maqsadida kuzovini ko‘targan vaqtida Qashqadaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga elektr energiyasi uzatuvchi 500 kV kuchlanishli “L-527” elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan. Natijada tarmoq avariyaviy o‘chgan.



Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur tarmoq yagona 500 kVli elektr uzatish tizimi zanjirining bir qismi hisoblanadi. Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan. Natijada ushbu stansiyalarning ishlab chiqarish hajmi 270 MVtga kamaygan.



Energetika tizimidagi avariyaga qarshi himoya tizimlari o‘z vaqtida ishga tushib, yirik nosozliklarning oldi olingan. Zaxira quvvatlardan foydalanilgani sababli avariya isteʼmolchilarning elektr taʼminotiga taʼsir ko‘rsatmagan.



Energetiklar tomonidan zarur choralar ko‘rilib, nosozlik soat 11:37 da bartaraf etilgan va elektr uzatish tarmog‘i qayta ishga tushirilgan.


Energetiklar voqea joyiga yetib kelganida, yuk avtomobili haydovchisi u yerda bo‘lmagan.



Hodisa yuzasidan haydovchining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"