Jahon

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi


Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu shahridagi İnci Üzmez Mesleki ve Teknik Anadolu Lisesi oldida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 nafar o‘quvchi yaralangan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani xabar qilingan.



Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 atrofida yuz bergan hodisada gumondor maktab oldiga ov miltig‘i bilan kelib, o‘q uzgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, u bir kun avval maktabda janjallashgan o‘quvchilarni nishonga olgan.



Mahalliy nashrlar gumondor 2011-yilda tug‘ilgan, 9-sinfda o‘qiydigan 15 yoshli o‘quvchi ekanini yozmoqda. U otishmadan so‘ng voqea joyidan qochgan, biroq huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan.



Jarohatlanganlar Turgutlu davlat shifoxonasiga olib ketilgan. Voqea joyiga ko‘plab politsiya va tibbiyot xodimlari yuborilgan.



Manisa viloyati gubernatorligining dastlabki maʼlumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 kishi jabrlangan. Keyingi xabarlarda esa yaradorlar soni 10 nafarga yetgani qayd etilgan.



Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"