O'zbekiston

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘quvchilar eshakda maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqaldi.



Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlum qilishicha, videodagi holat Mavlonsoy qishlog‘ida emas, balki tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Burgansoy MFYning Olmosuvon qishlog‘idagi 84-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan.



Qayd etilishicha, ushbu hudud Qo‘shrabot tumani bilan chegaradosh bo‘lib, tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan kichik va tarqoq qishloqlardan iborat. Hududdagi ichki yo‘llar asosan so‘qmoqlardan tashkil topgan.



Ayni paytda maktabning asosiy binosida 92 nafar, filialida esa 21 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Filial va asosiy bino o‘rtasidagi masofa 3 kilometrni, asosiy binoga qatnaydigan eng uzoq masofa esa 4 kilometrni tashkil etadi.



5–11-sinflarda jami 74 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularning 45 nafari Olmosuvon qishlog‘idan, 13 nafari Qo‘shamazor qishlog‘idan, 17 nafari To‘lali va 17 nafari Jilqihaydar qishloqlaridan asosiy maktab binosiga qatnaydi.



Boshqarma maʼlumotiga ko‘ra, tog‘li hudud va aholi punktlarining tarqoq joylashgani sababli mahalliy aholining aksariyati, jumladan, o‘quvchilar ham kundalik harakatlanishda eshaklardan foydalanadi.



Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olis va tog‘li hududlarda o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"