O'zbekiston

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi


 
Farg‘onalik 21 yoshli ayolning bir necha oy davom etgan bosh og‘rig‘i va peshonasida paydo bo‘lgan shish ortida suyakni yemirib borgan o‘simta aniqlandi. Shifokorlar o‘simtani olib tashlab, zararlangan peshona suyagining o‘rnini bemorning anatomik tuzilishiga mos maxsus 3D titan implant bilan to‘ldirishdi.


 
Endi kelinlik uyiga borgan Farg‘onalik kelinning olti oy davomida boshi og‘ridi. Ko‘ngli aynib, qusdi. Keyin peshonasida kattagina shish paydo bo‘ldi. Oradan ikki oy o‘tib, shish ko‘z sohasiga ham taʼsir qila boshladi.


 
Vaqt o‘tishi bilan og‘riqlar kuchayib, bemor hatto kundalik ishlarini bajarishda ham qiynala boshladi. Sog‘ligidagi muammo tobora jiddiylashib, chap ko‘zi xira ko‘ra boshladi, boshidagi og‘riqlar esa yana-da kuchaydi.


 
Shish ko‘ziga ham taʼsir qildi


«Boshim qisib og‘rirdi. Ko‘nglim aynib, qusardim. Olti oy davomida shu holatda yurdim. Keyin peshonamda yong‘oqdek shish chiqdi. Ikki oy ichida shishib ketdi. Chap tomonimga ko‘proq taʼsir qildi. Miyam qisib og‘rirdi. Shu ko‘zim xira ko‘rardi. Og‘riq kuchaygan sari ko‘zim ham xiralashib, holsizlanib borardim», — deydi 21 yoshli bemor.
Tekshiruvlardan keyin shifokorlar peshona suyagini yemirib, tashqi tomonga o‘sib chiqqan o‘simtani aniqlashdi.


 
Milliy tibbiyot markazining neyrojarrohi G‘ayrat Eshquvvatovning aytishicha, bunday holatlarda o‘simta yuz, burun va bosh miya sohalariga yaqin joylashgan bo‘lishi mumkin.
«Bunday o‘simtalar kraniofatsial o‘simtalar deyiladi. Ko‘p hollarda ular suyaklarni yemirishi bilan kuzatiladi. Aynan shu bemorimizda peshona suyagi deyarli yemirilib, peshona sohasida katta shish hosil bo‘lgan», — deydi shifokor.


 
Operatsiyadan keyingi eng katta muammo


O‘simtani olib tashlashning o‘zi yetarli emas edi. Chunki kasallik peshona suyagining katta qismini zararlagan. Bunday holatda operatsiyadan keyin yuzda katta nuqson qolishi mumkin. Shuning uchun shifokorlar bemorning kompyuter tomografiyasi asosida maxsus 3D implant tayyorlashga qaror qilishgan.


 
Avvalo bemorning zararlangan qismi kompyuterda aniq o‘rganilgan. Yetishmayotgan suyak qismi o‘lchami hisoblab chiqilgan. Keyin esa aynan bemorning anatomik tuzilishiga mos titan implant tayyorlangan.


 
«Biz 3D-injenerlar bilan hamkorlikda MSKT tasvirlari asosida olib tashlanadigan o‘simtaning hajmini hisoblaymiz. Shu joyga mos 3D titan implant tayyorlanadi. Operatsiya vaqtida o‘simtani olib tashlab, hosil bo‘lgan bo‘shliqqa maxsus implantni o‘rnatamiz», — deydi shifokor.


 
«Hozir ancha yengil bo‘ldim»


Operatsiyadan keyin bemor o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini aytmoqda.


 
«Ancha yengil bo‘ldim. Boshimning qisib og‘rishi to‘xtadi. Peshonamni tekislab qo‘yishdi. Sekin-sekin shishlar ham qaytmoqda», — deydi bemor.


 
Bemorning 11 oylik farzandi bor. Uning aytishicha, kasallik belgilari farzandi tug‘ilganidan bir necha oy o‘tib boshlangan. Bir necha oy avval yosh onaning hayoti og‘riq va xavotir bilan kechayotgan edi. Bugun esa 21 yoshli ayol operatsiyadan keyin farzandi bag‘riga qaytish, sog‘lom hayot kechirish umidida.


 
Bu birinchi operatsiya emas


Milliy tibbiyot markazida shifokorlar bunday murakkab operatsiyani birinchi marta amalga oshirayotgani yo‘q.


 
Yana bir yosh ayolda xuddi shunga o‘xshash holat kuzatilgan. Ammo u bemorda o‘simta peshona va ko‘z sohasining yana-da katta qismini zararlagan.


 
«Birinchi operatsiyamiz ham yosh ayolda bo‘lgan. Unda holat bundan ham murakkab edi. Peshona va ko‘z sohasida olma kattaligidagi o‘simta bor edi. Ko‘zi bir tomonga siljib qolgandi. Biz o‘simtani to‘liq olib tashlab, 3D implant tayyorladik. Hozir yuzi batamom simmetrik. O‘zi ham xursand. Bu muammodan xalos bo‘ldi», — deydi shifokor.


Bemor operatsiyadan keyin muntazam ko‘rikka kelib turibdi. Hozir uning yuzining simmetriyasi tiklangan va bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.


 
Zamonaviy texnologiya — yangi imkoniyat


Mutaxassislar 3D texnologiyalardan foydalanish amaliyotini yana-da rivojlantirish niyatida. Individual implant tayyorlash orqali zararlangan suyak qismini bemorning anatomik tuzilishiga mos tarzda tiklash imkoni paydo bo‘lmoqda.


 
«Kelgusida bu operatsiyalarni yana-da yo‘lga qo‘yib, rivojlantirish yo‘lidamiz. Bemorlarimizga yana-da sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga harakat qilamiz», — deydi neyrojarroh.

 

Zamonaviy tibbiyotda 3D texnologiyalardan foydalanish esa bunday murakkab holatlarda shifokorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.


 
Moʻtabar Nurmuhammedova, jurnalist

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"