Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi
Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 5-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxsning transport vositasini boshqarayotgani aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, avtomobilni So‘x tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi boshqargani va transport vositasi uning otasiga tegishli ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bolaning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi hamda 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, ota bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ota-onalarni voyaga yetmagan farzandlarining avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.








