O'zbekiston

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi



O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahrida jamoat transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqish va maktab o‘quvchilarining xavfsiz qatnovini taʼminlash masalalari yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirdi. Partiya tariflarni belgilashda tashuvchilarning xarajatlari bilan bir qatorda aholi daromadlari, oilaviy xarajatlar, o‘quvchilar va talabalarning kundalik qatnovi, kam daromadli hamda ko‘p farzandli oilalarning imkoniyatlarini ham hisobga olish zarurligini taʼkidladi.



Maʼlum qilinishicha, Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilarining xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash maqsadida shaharda School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. XDP maʼlumotiga ko‘ra, o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 73,5 foizi ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan.



Partiya o‘quvchilar uchun alohida va imtiyozli tarif mexanizmini joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Xususan, barcha o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ko‘p farzandli oilalar farzandlari uchun esa qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish taklif qilinmoqda.



XDP, shuningdek, School Bus tizimi ota-onalar zimmasiga qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lmasligi kerakligini bildirdi. Partiya xorijiy tajribada o‘quvchilar transport xarajatlarini kamaytirish uchun chegirmalar, shuningdek, oila daromadi va maktabgacha bo‘lgan masofaga qarab xarajatlarni to‘liq yoki qisman qoplash kabi mexanizmlar qo‘llanilishini qayd etdi.



Partiya tariflardagi o‘zgarishlarning ijtimoiy taʼsiri ochiq va xolis baholanishi, qarorlar jamoatchilikka tushunarli asoslar bilan izohlanishi hamda o‘quvchilar uchun samarali imtiyozlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratilishi zarurligini bildirdi.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"