O'zbekiston

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

 

O‘zbekistonda xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning murabbiylariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshirildi. Bu Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi qarorida belgilangan.

 

“Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (PQ–346-son) bilan shaxmatchilar va ularning murabbiylari uchun yangi mukofot miqdorlari tasdiqlandi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida g‘olib bo‘lgan shaxmatchiga 200 ming dollar, uning murabbiyiga esa 50 ming dollar beriladi.

 

Kumush medal sohibiga 100 ming dollar, murabbiyiga 25 ming dollar, bronza medal sohibiga esa mos ravishda 50 ming va 12,5 ming dollar miqdorida mukofot beriladi.

 

Yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi g‘oliblari uchun shaxmatchiga 20 ming dollar, murabbiyiga 5 ming dollar mukofot belgilanadi. Kumush medal uchun mos ravishda 10 ming va 2,5 ming dollar, bronza medal uchun esa 5 ming va 1,25 ming dollar ajratiladi.

 

FIDE tasnifiga ko‘ra, jahon miqyosidagi musobaqalar g‘oliblari uchun shaxmatchilarga 15 ming dollargacha, murabbiylarga esa 7 ming dollargacha mukofot beriladi.

 

Osiyo miqyosidagi musobaqalarda ushbu miqdorlar shaxmatchilar uchun 10 ming dollargacha, murabbiylar uchun esa 5 ming dollargacha etib belgilangan.

 

Shuningdek, xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan shaxmatchiga 5 ming dollar miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Qaror bilan tasdiqlangan yangi mukofot miqdorlari AQSh dollarida belgilangan.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"