Jahon

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov BMTni isloh qilish va tashkilot qarorlarining ijrosini kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. U bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zladi.

 

Japarovning ta’kidlashicha, BMT tashkil etilganidan buyon Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish, boshqaruv mexanizmlarini modernizatsiya qilish, tinchlikni saqlash va inson huquqlarini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda islohotlar muhokama qilib kelinmoqda. Uning fikricha, bu boradagi avvalgi urinishlar kutilgan natijani bermagan.

 

Qirg‘iziston prezidenti Xavfsizlik Kengashini kengaytirish masalasiga alohida to‘xtalgan. U aholisi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan Afrika qit’asiga ikkita doimiy o‘rin, Lotin Amerikasiga esa bitta doimiy o‘rin berishni taklif qilgan.

 

Shuningdek, Japarov BMT qarorlarining bajarilishini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan. Uning taklifiga ko‘ra, BMT qarorlari muntazam ravishda bajarilmayotgan holatlarni ko‘rib chiqishda Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari veto huquqidan ixtiyoriy ravishda tiyilishi kerak.

 

Japarovning aytishicha, agar BMT qarorlarini ijro etish mexanizmlari doimiy a’zolarning veto huquqi orqali muntazam bloklansa, bu holat BMT Nizomi va a’zo davlatlarning teng javobgarligi tamoyiliga zid bo‘lishi mumkin.

 

Uning ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston 2027-yil 1-yanvardan BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosi sifatida ushbu takliflarni tegishli qo‘mitaga rasman taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash mexanizmini ham qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

 

Japarovning fikricha, sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq tashabbuslar BMT doirasida dastlabki ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday mexanizm orqali sanksiyalarning ehtimoliy gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanishi mumkin.

 

U sanksiyalarni joriy etuvchi davlatlar bunday choralar uchun huquqiy asos, ularning zarurati va maqsadlarini, shuningdek, sanksiyalarni bekor qilish mezonlari va shartlarini aniq ko‘rsatishi kerakligini bildirgan.

 

Japarov, shuningdek, BMT shafeligida sanksiyalarni monitoring qilish va ularni muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qilgan.

 

Hozirda BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlar bo‘yicha, jumladan, sanksiya choralarini belgilash vakolatiga ega. BMTning amaldagi sanksiya rejimlari Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida yuritiladi.

 

Japarovning ta’kidlashicha, bunday yondashuv xalqaro sanksiyalar tizimida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishga xizmat qilishi kerak.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"