Jahon

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

 

Donald Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi. U Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muzokaralar olib borilayotganini va jarayon ko‘pchilik kutganidan tezroq yakunlanishi mumkinligini aytdi.

 

Tramp bu haqda 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

 

Zelenskiy uchrashuv vaqtida Trampning Rossiya bilan mojaroni imkon qadar tezroq yakunlashga yordam berishiga umid bildirdi. Ukraina prezidenti buni qish kelishidan oldin amalga oshirish kerakligini ta’kidlagan.

 

Bunga javoban Tramp “Qishdan oldin jiddiy bir narsa sodir bo‘ladi”, degan.

 

AQSh prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida ham Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini aytgan.

 

“Biz Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan juda yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Va biz buni amalga oshiramiz. Bu amalga oshadi. Menimcha, bu ko‘pchilik o‘ylaganidan tezroq sodir bo‘ladi”, — degan Tramp.

 

Shu bilan birga, hozircha Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q. Tomonlar o‘rtasidagi harbiy harakatlar davom etmoqda. AQSh va boshqa davlatlar vositachiligidagi diplomatik sa’y-harakatlar esa davom etmoqda.

 

Sentabr boshida Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner Moskva hamda Kiyevga tashrif buyurib, mojaroni yakunlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi. Kushner keyinchalik uch tomonlama muzokaralarga qaytish imkoniyati muhokama qilinganini bildirgan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"