O'zbekiston

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

 

Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish texnikumlardagi eng talabgir yo‘nalish bo‘ldi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan texnikumlarning 2025/2026-o‘quv yilidagi qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlilda ma’lum qilindi.

 

Tahlilga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida texnikumlar uchun 201 203 ta qabul kvotasi tasdiqlangan va shundan 156 528 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilingan. Qabul rejasining bajarilish darajasi 76 foizni tashkil etgan.

 

2025/2026-o‘quv yilida esa 287 301 ta qabul kvotasi ajratilib, 249 130 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilingan. Natijada qabul rejasining bajarilish darajasi 86 foizga yetgan.

 

Shu bilan birga, kasb va mutaxassisliklar, ta’lim shakllari hamda hududlar kesimida sezilarli tafovutlar saqlanib qolgan.

 

2025/2026-o‘quv yilida texnikumlarga qabul qilingan 249 130 nafar o‘quvchining 206 761 nafari davlat granti, 42 369 nafari esa kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

 

Shunday qilib, davlat granti asosidagi qabul ulushi 83 foizni, kontrakt asosidagi qabul ulushi esa 17 foizni tashkil etgan.

 

2025/2026-o‘quv yili uchun dual ta’lim shakliga 59 680 ta qabul kvotasi ajratilgan. Amalda esa ushbu shaklga 41 080 nafar o‘quvchi qabul qilingan.

 

Natijada dual ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarining bajarilish darajasi 68,8 foizni tashkil etgan. Dual ta’limdagi nisbatan past ko‘rsatkich ayrim hududlarda ish beruvchilar ishtirokining cheklanganligi, amaliy ta’limni tashkil etish imkoniyatlarining yetarli emasligi hamda texnikumlar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik shakllarining turlicha ekani bilan izohlangan.

 

Texnikumlarda 450 dan ortiq kasb va mutaxassislik mavjud bo‘lishiga qaramay, qabulning asosiy qismi cheklangan sondagi yo‘nalishlarda jamlangan.

 

Eng talabgir 7 ta kasb va mutaxassislikka umumiy qabulning 49 foizi to‘g‘ri kelgan. Jumladan:

  • “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish” — 20 foiz;

  • “Tikuvchi” — 7 foiz;

  • “Hamshiralik ishi” — 6,2 foiz;

  • “Traktorchi-mashinist” — 5 foiz;

  • “Davolash ishi” — 4,1 foiz;

  • “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” — 3,8 foiz;

  • “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” — 3,4 foiz.

 

Shuningdek, ayrim kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlangan kvotaga nisbatan 300–550 foizgacha ortiqcha shakllantirilgan.

 

Talab eng past bo‘lgan yo‘nalishlar qatorida “Buxgalter”, “Ikkilamchi qayta ishlash”, “Mebel ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Kadastr” va “Energetika” (issiqlik energetikasi) qayd etilgan.

 

Tahlilda qabul parametrining nol yoki juda past darajada bo‘lishi har doim ham mazkur kasbga talab yo‘qligini anglatmasligi qayd etilgan. Ayrim hollarda guruh shakllantirish uchun tavsiya etilganlar soni yetarli bo‘lmagani sababli o‘quvchilar roziligi asosida ular boshqa yaqin yo‘nalishlarga o‘tkazilgan.

 

Bilim sohalari kesimida eng yuqori talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida kuzatilgan. Ushbu sohada 34 245 ta kvotaga 40 788 nafar o‘quvchi qabul qilingan va qabul parametrlarining bajarilishi 119,1 foizni tashkil etgan.

 

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalarida bu ko‘rsatkich 88,5 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda 85,2 foiz, qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariyada 85,1 foizni tashkil etgan.

 

Xizmatlar sohasida qabul rejasi 75,6 foiz, ta’lim sohasida 73,8 foizga bajarilgan.

 

Nisbatan past ko‘rsatkichlar biznes, boshqaruv va huquq — 47,2 foiz, san’at va gumanitar fanlar — 43,7 foiz, tabiiy fanlar, matematika va statistika — 26,7 foiz, ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot sohasida — 22,3 foizni tashkil etgan.

 

Ta’lim sohalari bo‘yicha eng ko‘p o‘quvchi muhandislik ishiga qabul qilingan — 76 584 nafar yoki jami qabulning 30,7 foizi.

 

Keyingi o‘rinlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — 40 788 nafar (16,4 foiz), sog‘liqni saqlash — 34 245 nafar (13,7 foiz), ishlab chiqarish va ishlov berish — 32 407 nafar (13 foiz) hamda qishloq xo‘jaligi — 24 842 nafar (10 foiz) qayd etilgan.

 

Mazkur besh yo‘nalish jami qabulning 83,8 foizini tashkil etgan.

 

Baliq xo‘jaligiga 90 nafar, transport xizmatlariga 17 nafar, fizika va tabiiy fanlarga esa 15 nafar o‘quvchi qabul qilingan. Ushbu yo‘nalishlarning jami qabuldagi ulushi 0,1 foizdan kam bo‘lgan.

 

Tahlilda hududlarning o‘ziga xos ehtiyojlari ham o‘rganilgan. Natijada:

  • Toshkent shahrida — kompyuter tizimlarida dasturlash;

  • Toshkent viloyatida — kimyoviy ishlab chiqarish laboranti;

  • Samarqand viloyatida — sartaroshlik;

  • Surxondaryo viloyatida — qutqaruvchilik;

  • Farg‘ona viloyatida — tikuvchilik mahsulotlari dizayni;

  • Navoiy viloyatida — foydali qazilmalarni maydalash va saralash yo‘nalishlariga talab yuqoriligi aniqlangan.

 

Respublika bo‘yicha texnikumlarga qabul parametrlarining o‘rtacha bajarilish darajasi 84,9 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida esa ushbu ko‘rsatkich 65 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan.

 

Eng yuqori natija Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qayd etilib, bu hududlarda qabul rejasi to‘liq bajarilgan.

 

Buxoro va Andijon viloyatlarida qabul ko‘rsatkichi 96 foiz, Jizzaxda 93 foiz, Namanganda esa 92 foizni tashkil etgan.

 

Agentlik tahliliga ko‘ra, mazkur natijalar texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda mehnat bozori ehtiyojlari bilan bir qatorda yoshlarning kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan qiziqishini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, kam talabgor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish va qabul parametrlarini real ehtiyojga moslashtirish taklif etilgan.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"