Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, mas’ul shaxslar 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilgan. Natijada 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








