Jahon

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq tiklash uchun o‘n yil davomida 71,4 mlrd dollar kerak bo‘lishini baholagan.

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashi G‘azo sektorini tiklash bo‘yicha dastlabki olti oylik rejani taqdim etdi. 66 ta loyihani o‘z ichiga olgan dastur uchun 2,45 milliard dollar kerak bo‘ladi.

 

Reja BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan yig‘ilishda taqdim etildi. Unda G‘azodagi infratuzilmani tiklash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni qayta yo‘lga qo‘yish hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar o‘rin olgan.

 

Dastlabki bosqichda vayronalarni tozalash, portlamagan o‘q-dorilarni zararsizlantirish, vaqtinchalik boshpanalar qurish, shifoxonalarni ta’mirlash, elektr va suv ta’minotini tiklash, yo‘llar hamda chegara o‘tish punktlarini qayta tiklash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini joylashtirish va yangi G‘azo politsiyasini tayyorlash bilan bog‘liq loyihalar ham mavjud.

 

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq qayta tiklash ko‘proq mablag‘ talab qilishini qayd etgan. Rejaga ko‘ra, hududdagi jismoniy infratuzilmani o‘rta muddatda tiklash qiymati 35,2 milliard dollar, keyingi o‘n yillikdagi to‘liq tiklanish ehtiyoji esa 71,4 milliard dollarga baholanmoqda.

 

Kengash ma’lumotiga ko‘ra, donor davlatlar tomonidan avval 17 milliard dollar mablag‘ va’da qilingan, biroq hozirgacha uning 280 million dollari o‘tkazilgan. Shu sababli tashkilot xalqaro hamkorlarni dastlabki loyihalarni moliyalashtirishga chaqirmoqda.

 

Tinchlik kengashi vakillari dastur amalga oshirilishida bir qator muammolar mavjudligini ham tan olgan. Jared Kushner reja turli masalalar sabab kechikishlarga duch kelayotganini aytgan. Kengashning G‘azodagi loyihalarni amalga oshirishi Isroil va Hamasning kelishuvlarni bajarishi, shuningdek, xavfsizlik va boshqaruv masalalaridagi kelishuvlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

custom img

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi

Eron prezidenti AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qilib, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga zarba berdi: Qandahorda portlashlar ovozi eshitildi

Pokiston ushbu zarbalar Kobuldan amalga oshirilgan dron hujumiga javob bo‘lganini aytdi.

custom img

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

custom img

Rossiya armiyasidagi xorijliklar: Ukrainadagi harbiy asirlarning 10 foizi chet el fuqarolari

Ular orasida 55 ta davlat vakillari bor.

custom img

Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi

Bunga Qora dengiz orqali Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"