O'zbekiston

“60 mlrd so‘mlik tender” vaʼdasi: tadbirkordan 20 ming dollar olayotganlar ushlandi

Zangiotada uch kishi tadbirkorga IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib berishni vaʼda qilib, pul talab qilgan.

“60 mlrd so‘mlik tender” vaʼdasi: tadbirkordan 20 ming dollar olayotganlar ushlandi



Zangiota tumanida tadbirkorga 60 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib berishni vaʼda qilib, undan pul olgan uch kishi ushlandi.



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.



Unda uch fuqaro o‘zaro til biriktirib, “S.S.” MCHJ rahbari M.N.ga 100 ming AQSH dollari evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.



Ular mazkur mablag‘ning 20 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi hamda 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Ishga yuborish va “Umra” va’dasi: ikki hududda firibgarlik holatlari aniqlandi

Namanganda ikki fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborish, Farg‘onada esa ikki kishini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"