Bekobodda kredit qarzi sabab ko‘chmas mulk sotildi
Ijro hujjatiga ko‘ra, MCHJning bankdan 9 mlrd qarzi bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor MCHJdan undiruvchi bank foydasiga kredit qarzdorlik undirish va undiruvni garov mulki xisoblangan noturar joy binosida joylashgan 1-komplekt “Paxtani qayta ishlash uskunasi” 44-dona qismdan iborat uskunalarga qaratish va uning boshlang‘ich baholash narxi ijro varaqasiga asosan 1 867 230 609.60 (bir milliard sakkiz yuz oltmish yetti million ikki yuz o‘ttiz ming olti yuz to‘qqiz so‘m oltmish tiyin) so‘mga baholangan bo‘lib elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarildi.
Olib borilgan ijro harakatlari daʼvomida, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan kredit qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarildi.







