Jahon

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi

Eron prezidenti AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qilib, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi



Eron prezidenti Masud Pezeshkianning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi boshlanishi bilan AQSH delegatsiyasi majlislar zalidan chiqib ketdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.



23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zlagan Pezeshkian AQSH prezidenti Donald Trampning Eron haqidagi bayonotlariga javob qaytardi.



«Qo‘shma Shtatlar prezidenti bizni terrorchilar deb atadi. Biz esa terrorizm qurbonlarimiz», — dedi Eron prezidenti.



Pezeshkian AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini tanqid qilib, mojaro davomida tinch aholi, ayollar va bolalar halok bo‘lganini taʼkidladi. U nutqi davomida hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar aks etgan suratlarni ham namoyish etdi.



Eron prezidenti mamlakat AQSH bosimiga taslim bo‘lmasligini bildirdi. Shu bilan birga, u diplomatik muzokaralar uchun eshik ochiq ekanini, biroq kuch ishlatish yoki tahdid ostida o‘tkaziladigan muzokaralarni qabul qilmasligini taʼkidladi.



Pezeshkian Eronning yadroviy dasturi haqida ham gapirib, mamlakat tinch yadroviy energetika, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish huquqidan voz kechmasligini aytdi. U yadroviy qurolga qarshi ekanini, biroq yadroviy bilim olish huquqidan mahrum qilinishini qabul qilmasligini bildirdi.



AQSH delegatsiyasi esa Pezeshkian nutqi boshlanishi bilanoq zalni tark etdi. AQSHning BMTdagi missiyasi ushbu harakat yuzasidan darhol izoh bermadi.



Mazkur voqea AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda yuz berdi. Bir kun avval Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Eron bilan kelishuvga erishish yoki mamlakatga nisbatan keskin choralar ko‘rish imkoniyatini tilga olgan edi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga zarba berdi: Qandahorda portlashlar ovozi eshitildi

Pokiston ushbu zarbalar Kobuldan amalga oshirilgan dron hujumiga javob bo‘lganini aytdi.

custom img

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

custom img

Rossiya armiyasidagi xorijliklar: Ukrainadagi harbiy asirlarning 10 foizi chet el fuqarolari

Ular orasida 55 ta davlat vakillari bor.

custom img

Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi

Bunga Qora dengiz orqali Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

custom img

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Kanada bosh vaziri falastinliklarga taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi.

custom img

“Nega Nyu-Jersini bermaysiz?”: Suriya prezidenti Trampga Nyu-Jersini Isroilga berishni taklif qildi

Ash-Shara Golan tepaliklari masalasida Tramp bilan qilgan hazilini Nyu-Yorkdagi Atlantika Kengashi tadbirida so‘zlab berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"