Farg‘onada soliq qarzi sabab g‘isht zavodi xatlandi
Endilikda mol-mulk elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqariladi.

Majburiy ijro byurosi Bag‘dod tuman bo‘limi ish yurituviga soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi. Unga asosan, belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan mahalliy g‘isht zavodlaridan biriga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borildi.
Qonunchilikda ajratilgan muddat va berilgan ogohlantirishlarga qaramay, korxona rahbariyati qarzdorlikni so‘ndirishga shoshilmadi. Oqibatda, davlat ijrochilari tomonidan zavod hududidagi barcha mol-mulk, ishlab chiqarish uskunalari va tayyor mahsulotlar to‘liq xatlovga olindi.
Endilikda korxona egasiga qisqa muddat beriladi. Agar qarzdorlik to‘liq yopilmasa, xatlangan g‘isht zavodi va uning mol-mulki E-Auksion elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqariladi.







