Jizzaxda qarzdorga tegishli noturar bino xatlandi
Mazkur chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida qo‘llanildi.

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida qarzdor S.S.ga tegishli mol-mulkka nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirildi.
Qarzdorlikni undirishni taʼminlash maqsadida S.S.ga tegishli noturar joy binosi xatlovga olindi. Mazkur chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida qo‘llanildi.
Qonunchilikka muvofiq, ijro hujjati talablari o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda qarzdorning mol-mulkiga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.
Qarzni kechiktirish — muammoni cho‘zish. Majburiyatni o‘z vaqtida bajarish — ortiqcha oqibatlarning oldini oladi.







