Nukusda MIB orqali qidiruvdagi 3 ta mashina topildi
Ijro hujjatiga ko‘ra, davlat muassasasining 665 mln qarzi bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2026 yil 19 may kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Q.YU.M.F” DMdan undiruvchi “O‘ZBEKINVEST ASSISTANS” MCHJ foydasiga 665,7 mln. so‘m qarz undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida CHEVROLETE “TRACKER”, “GENTRA” va “COBALT” rusumli avtotransport vositalari mavjudligi aniqlanib, ularga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan joriy yilning 22 sentyabr kuni olib borilgan tadbir natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan avtomashina Nukus shahri markaziy ko‘chalaridan birida harakatlanib kelayotgan paytida ushlanib, maxsus jarima maydonchasiga joylashtirilgan.







