Jahon

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

 

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi navbatdagi prezidentlik saylovini 2027-yil 27-yanvarda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror 24-sentabr kuni parlament majlisida ma’qullandi.

 

Amaldagi saylov qonunchiligiga ko‘ra, navbatdagi prezidentlik saylovi prezident vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyidagi to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi. 2027-yilda ushbu sana 27-yanvarga to‘g‘ri keladi.

 

Saylovoldi jarayonlari saylov sanasi rasman belgilanganidan so‘ng boshlanadi. Saylovoldi tashviqoti esa barcha nomzodlarni ro‘yxatga olish muddati yakunlangach boshlanib, ovoz berishdan 24 soat oldin to‘xtatiladi.

 

Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlikka kamida 35 yoshga to‘lgan, davlat tilini biladigan va mamlakatda jami kamida 15 yil yashagan fuqaro nomzod bo‘lishi mumkin. Nomzod xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo‘lmasligi kerak.

 

Shuningdek, 2026-yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan prezidentlik saylovlarini o‘tkazish tartibiga qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, saylov kuni chorshanbaga to‘g‘ri keladi va dam olish kuni hisoblanadi. Nomzodlar uchun saylov fondini oldindan shakllantirish hamda saylovchilar imzosini qog‘oz bilan bir qatorda raqamli shaklda to‘plash imkoniyati joriy etilgan.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi

Eron prezidenti AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qilib, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga zarba berdi: Qandahorda portlashlar ovozi eshitildi

Pokiston ushbu zarbalar Kobuldan amalga oshirilgan dron hujumiga javob bo‘lganini aytdi.

custom img

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

custom img

Rossiya armiyasidagi xorijliklar: Ukrainadagi harbiy asirlarning 10 foizi chet el fuqarolari

Ular orasida 55 ta davlat vakillari bor.

custom img

Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi

Bunga Qora dengiz orqali Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

custom img

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Kanada bosh vaziri falastinliklarga taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"