O'zbekiston

Surxondaryoda MIB orqali bola onasi bag‘riga qaytdi

Ijro hujjatiga asosan, bolani ona tarbiyasiga olib berish belgilangan edi.

Surxondaryoda MIB orqali bola onasi bag‘riga qaytdi

 

Angor tumanida sud hujjati ijrosi taʼminlanib, bir necha oydan buyon ona mehridan uzoqda bo‘lgan voyaga yetmagan farzand onasi bag‘riga qaytarildi.


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, bolani ona tarbiyasiga olib berish belgilangan edi. Biroq qarzdor ota sud hujjati talablarini ixtiyoriy bajarishdan bo‘yin tovlab, farzandini yashirib kelgan.


Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida bolaning qayerdaligi aniqlanib, uni onasi tarbiyasiga olib berish taʼminlandi.


Farzandi bilan qayta diydor ko‘rishgan ona ko‘z yoshlarini yashira olmadi. Ona bag‘riga qaytarilgan bolaning ham onasi bilan birga ekanidan xursandligi uning chehrasida aks etdi.
Shu tariqa, sud hujjati ijrosi taʼminlanib, farzand ona mehri va bag‘riga qaytarildi.

custom img

Jizzaxda qarzdorga tegishli noturar bino xatlandi

Mazkur chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida qo‘llanildi.

custom img

Nukusda MIB orqali qidiruvdagi 3 ta mashina topildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, davlat muassasasining 665 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Farg‘onada soliq qarzi sabab g‘isht zavodi xatlandi

Endilikda mol-mulk elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqariladi.

custom img

Toshkentda MIB orqali tarixiy kitoblar davlatga qaytarildi

Ekspertiza natijasiga ko‘ra, ushbu kitoblar madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ekani aniqlangan.

custom img

Bekobodda kredit qarzi sabab ko‘chmas mulk sotildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, MCHJning bankdan 9 mlrd qarzi bo‘lgan.

custom img

“Do‘stlik”dan ikki barobar katta: Qirg‘iziston bilan yangi chegara posti ochiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi ochiladigan post yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirishi kutilmoqda.

custom img

1 ming gektar va 7 mlrd dollar: Andijonda kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi

Andijonda joriy yil uchun rejalashtirilgan 3,5 mlrd dollarlik investitsiyalar tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

custom img

“O‘sishdagi raqamlar emas, oilalar hayotidagi o‘zgarish muhim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"