O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali tarixiy kitoblar davlatga qaytarildi

Ekspertiza natijasiga ko‘ra, ushbu kitoblar madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ekani aniqlangan.

Toshkentda MIB orqali tarixiy kitoblar davlatga qaytarildi

Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi ijro varaqasiga asosan, huquqbuzar fuqaroga oid ish bo‘yicha olib qo‘yilgan, umumiy qiymati 20 million so‘m bo‘lgan 2 dona kitobni davlat daromadiga o‘tkazish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati 2025 yil 19 sentyabr kuni Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Sud qarorida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Badiiy ekspertiza boshqarmasi bosh mutaxassislari tomonidan 2024 yil 26 dekabr kuni o‘tkazilgan ekspertiza natijasiga ko‘ra, ushbu kitoblar madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ekani aniqlangan.

 

Qonunchilik talablariga muvofiq, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulklar davlat muzeylari hamda ilmiy muassasalarga tekin berish uchun tegishli tartibda topshiriladi.

 

Shundan kelib chiqib, mazkur kitoblar 2026 yil 14 sentyabr kuni tegishli dalolatnoma asosida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirildi.

 

custom img

Jizzaxda qarzdorga tegishli noturar bino xatlandi

Mazkur chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida qo‘llanildi.

custom img

Nukusda MIB orqali qidiruvdagi 3 ta mashina topildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, davlat muassasasining 665 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Surxondaryoda MIB orqali bola onasi bag‘riga qaytdi

Ijro hujjatiga asosan, bolani ona tarbiyasiga olib berish belgilangan edi.

custom img

Farg‘onada soliq qarzi sabab g‘isht zavodi xatlandi

Endilikda mol-mulk elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqariladi.

custom img

Bekobodda kredit qarzi sabab ko‘chmas mulk sotildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, MCHJning bankdan 9 mlrd qarzi bo‘lgan.

custom img

“Do‘stlik”dan ikki barobar katta: Qirg‘iziston bilan yangi chegara posti ochiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi ochiladigan post yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirishi kutilmoqda.

custom img

1 ming gektar va 7 mlrd dollar: Andijonda kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi

Andijonda joriy yil uchun rejalashtirilgan 3,5 mlrd dollarlik investitsiyalar tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

custom img

“O‘sishdagi raqamlar emas, oilalar hayotidagi o‘zgarish muhim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"