O'zbekiston

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

 

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Unga ko‘ra, prokuror yordamchisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilish hamda bankdan 600 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga jami 12 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs so‘ralgan pulning 4700 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida uning bundan avval ham mazkur fuqarodan 1300 AQSH dollari olgani aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish chorasi ko‘rilmoqda.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

custom img

Sirdaryodagi yangi IES da avariyaviy o'chish: Qozog‘iston ham “svetsiz” qoldi

Elektr ta’minotini tiklash uchun zaxira quvvatlar va energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi.

custom img

28 nafar bola bir Damas’da: Jizzaxda 2 ta holat aniqlandi

2 ta Damas’da jami 56 nafar bola tashilgan.

custom img

Bektemirdagi neft bazada yong‘in chiqdi: hodisada jabrlanganlar yo‘q

Yong‘in qutqaruvchilarga soat 19:38 da ma’lum bo‘lgan va 18 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

custom img

Jizzaxda qarzdorga tegishli noturar bino xatlandi

Mazkur chora qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida qo‘llanildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"