O'zbekiston

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi


Polshada avgust va sentyabr oylarida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.



Maʼlum qilinishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi marhum fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq zarur choralarni ko‘rgan.



24-avgust kuni Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, boshidan og‘ir jarohat olishi oqibatida vafot etgan J.H.ning jasadi 5 sentyabr kuni O‘zbekistonga olib kelindi.



5-sentyabr kuni Щyetsin shahrida vafot etgan T.E.ning jasadi esa 20-sentyabr kuni Toshkentga yetkazildi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan.



Har ikki holatda ham marhumlarning jasadlarini Polshada O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplangan.



Elchixona mazkur jarayonni Polsha rasmiylari bilan hamkorlikda barcha bosqichlarda muvofiqlashtirgan. Bu esa marhumlarning yaqinlariga og‘ir vaziyatda qo‘shimcha tashkiliy va moliyaviy yuk tushishining oldini olishga xizmat qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"