Jahon

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

Eron prezidenti iyun oyida AQSh bilan imzolangan kelishuvni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

 

Eron AQShdagi 2026-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarni hisobga olmayapti va mamlakatning har qanday qonuniy hukumati bilan kelishuvga erishishga tayyor. Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron o‘z qarorlarini AQShdagi saylovlar bilan bog‘lamayapti.

 

«Agar hozirgi Amerika hukumati xalqaro huquq doirasida kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, unda davom eting. Agar bu saylovlardan oldin yoki keyin bo‘lsa, buning biz uchun qanday farqi bor?» — degan Pezeshkian.

 

Prezident Eron AQSh bilan kelishuvga erishishga tayyorligini ham ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, Tehron iyun oyida Vashington bilan imzolangan kelishuv asosida muzokaralarni davom ettirishga tayyor.

 

«Biz sizning prezidentingiz bilan kelishuvga erishdik, u imzolandi. Shunga asoslanib, oldinga siljishga tayyormiz», — degan u.

 

Pezeshkian Eron urushni boshlamaganini va mojaro Tehronga majburan yuklanganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u Eron jangovar harakatlarni davom ettirishdan manfaatdor emasligini, biroq o‘zini qat’iy himoya qilishini bildirgan.

 

«Biz urushni tanlamadik. Urush bizga majburan yuklandi. Biz urush izlamaymiz», — degan Eron prezidenti.

 

U Eron-AQSh mojarosi yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligi haqidagi savolga aniq javob bermagan. Pezeshkianning ta’kidlashicha, urushni tugatish bo‘yicha qarorni AQShning o‘zi qabul qilishi kerak.

 

Eron prezidenti, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi muammolarni muloqot orqali hal qilish mumkinligini qayd etgan.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Eron bilan kelishuvga erishish yoki mamlakatni yo‘q qilish masalasi oldida turganini bildirgan va tinchlik kelishuviga umid qilayotganini aytgan edi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

custom img

Germaniya qazilma yoqilg‘idan voz kechadi: jarayon 2045-yilgacha yakunlanadi

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha ko‘mir, neft va gazdan foydalanishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan.

custom img

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq tiklash uchun o‘n yil davomida 71,4 mlrd dollar kerak bo‘lishini baholagan.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"