Jahon

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

17 harbiy xizmatchi bilan yuz bergan fojia ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

 

Qozog‘istonda Kaspiy dengizida bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchining jasadi topildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 25-sentyabr kuni soat 09:15 atrofida davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchi — serjant Mansur Gumarov va matros Miras Turdibekulining jasadlari topilgan.

 

Shu bilan Kaspiy dengizi hududida o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, fojia harbiy o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida yuz bergan. Natijada 17 nafar harbiy xizmatchi ochiq dengizga yuborilgan. Ulardan 3 nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan.

 

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari rahbariyati hamda xodimlari halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

 

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga, jumladan, moddiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

custom img

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

Eron prezidenti iyun oyida AQSh bilan imzolangan kelishuvni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

custom img

Germaniya qazilma yoqilg‘idan voz kechadi: jarayon 2045-yilgacha yakunlanadi

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha ko‘mir, neft va gazdan foydalanishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan.

custom img

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq tiklash uchun o‘n yil davomida 71,4 mlrd dollar kerak bo‘lishini baholagan.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"