Jahon

Robotlar real hayotga tayyorlanmoqda: Xitoyda 70 dan ortiq AI mashg‘ulot markazi ishga tushdi

Ular real muhitda fazoda mo‘ljal olish, buyumlarni ushlash va kundalik vazifalarni bajarishni minglab takroriy mashqlar orqali o‘rganmoqda.

Robotlar real hayotga tayyorlanmoqda: Xitoyda 70 dan ortiq AI mashg‘ulot markazi ishga tushdi

Xitoyda robotlarni real hayot sharoitida boshqarishga o‘rgatadigan maxsus mashg‘ulot maydonlari ko‘paymoqda. 2026-yil iyun oyi oxiriga kelib, mamlakatda bunday markazlarning 70 dan ortig‘i ishga tushgan, yana 40 dan ziyodi qurilish yoki rejalashtirish bosqichida.

 

Mazkur poligonlarda sun’iy intellekt tizimlari robotlarga fazoda mo‘ljal olish, buyumlarni ushlash va kundalik vazifalarni bajarishni minglab takroriy mashqlar orqali o‘rgatadi. Shu bilan birga, real muhitda robotlarning harakatiga oid katta hajmdagi ma’lumotlar to‘planmoqda.

 

Xitoyda hozirda gumanoid robotlar ishlab chiqaruvchi 140 dan ortiq kompaniya mavjud. 2025-yilda mamlakatda 14,4 mingta gumanoid robot yetkazib berilgan. Bu jahon bozoridagi yetkazib berish hajmining qariyb 80 foiziga teng.

 

Sohadagi asosiy vazifa esa laboratoriyalarda inson harakatlarini takrorlay oladigan robotlarni kundalik hayotda foydalanish uchun ishonchli yordamchilarga aylantirishdan iborat. Buning uchun robotlarga real maishiy va ishlab chiqarish sharoitlarida doimiy mashq qilish imkonini berish zarur.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda bunday poligonlar tarmog‘ining kengayishiga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ham turtki bermoqda.

custom img

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 5 nafar mansabdor ushlandi

Yana gumonlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Eron reyslarini to‘xtatgan davlatlar aeroportlari ham ishlamasligi mumkin — Mohsen Rizoiy

Eron Oliy Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi AQSh sanksiyalari doirasida Eron reyslarini to‘xtatgan qo‘shni davlatlarni javob choralaridan ogohlantirdi.

custom img

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

17 harbiy xizmatchi bilan yuz bergan fojia ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

custom img

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

Eron prezidenti iyun oyida AQSh bilan imzolangan kelishuvni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

custom img

Germaniya qazilma yoqilg‘idan voz kechadi: jarayon 2045-yilgacha yakunlanadi

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha ko‘mir, neft va gazdan foydalanishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"