O'zbekiston

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!



“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi. Filmning premyerasi 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tdi.



Samimiy va hayotiy voqealar asosida suratga olingan filmda ustoz, kitob, tarbiya, mehr-oqibat va oilaviy qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni yoritiladi.


Kinokartinada tomoshabinni jalb etish uchun sunʼiy mojaro, fitna yoki qasos kabi syujetlarga emas, inson hayotini o‘zgartira oladigan oddiy va muhim qadriyatlarga eʼtibor qaratilgan.



Film voqealari markazida Oyqiz obrazi turadi. Uning orzulari, xatolari va hayotiy sinovlari orqali shoshqaloq va xayolparast qizning mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli va yetuk insonga aylanish jarayoni ko‘rsatiladi.



Hanifa xola obrazi orqali esa baʼzan inson hayotida katta o‘zgarish yasash uchun bitta yaxshi ustozning o‘zi yetarli ekani tasvirlanadi.



Filmning 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida katta ekranlarga chiqishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. “Dars” ota-onalar va farzandlar birgalikda tomosha qilishi, so‘ngra ustoz, kitob, tarbiya va hayotdagi maqsadlar haqida suhbatlashishi mumkin bo‘lgan oilaviy film sifatida taqdim etilmoqda.



25-sentyabrdan “Dars” filmi mamlakat kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.



Film Kontent markazi va MA‘NO CINEMA tomonidan suratga olingan.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Balandlikdan yiqilish va qoqshol: Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadlari Vatanga qaytarildi

Ularni Vatanga qaytarish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplandi.

custom img

Sirdaryodagi yangi IES da avariyaviy o'chish: Qozog‘iston ham “svetsiz” qoldi

Elektr ta’minotini tiklash uchun zaxira quvvatlar va energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi.

custom img

28 nafar bola bir Damas’da: Jizzaxda 2 ta holat aniqlandi

2 ta Damas’da jami 56 nafar bola tashilgan.

custom img

Bektemirdagi neft bazada yong‘in chiqdi: hodisada jabrlanganlar yo‘q

Yong‘in qutqaruvchilarga soat 19:38 da ma’lum bo‘lgan va 18 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"