Jahon

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

 

AQSh ma’muriyati Kongress tomonidan Ukraina uchun ajratilgan qariyb 400 mln dollarlik harbiy yordam mablag‘larining deyarli barchasini shartnomalar orqali rasmiylashtirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Mablag‘lar uchun belgilangan muddat 30-sentabrda yakunlanadi. Agar shu vaqtgacha mablag‘lar bo‘yicha tegishli majburiyatlar rasmiylashtirilmasa, ularning bir qismi o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin edi.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ma’muriyati 307 mln dollarlik shartnomalarni allaqachon imzolagan. Qolgan 93 mln dollarni ham 30-sentabrgacha shartnoma asosida rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Yordam doirasidagi qurol-yarog‘ va jihozlarning qolgan qismi 2029-yil oktabrigacha yetkazib berilishi kutilmoqda.

 

Dastlabki yetkazib berishlar sentabr oyida boshlangan. Ular orasida hujumkor qurollar hamda zirhli texnika uchun ehtiyot qismlar bor.

 

Reuters manbalaridan birining ma’lum qilishicha, yordam paketiga Ukraina tomonidan so‘ralgan Patriot havo mudofaasi tizimi uchun raketalar kiritilmagan. Agentlikka ko‘ra, AQSh va Ukrainada bunday raketalarga ehtiyoj yuqori bo‘lib qolmoqda, global zaxiralar esa cheklangan.

 

Mazkur mablag‘larning kechiktirilgani avvalroq AQSh Kongressida ham tanqidga sabab bo‘lgan. Ayrim demokrat va respublikachi qonunchilar ma’muriyatni Kongress tomonidan tasdiqlangan yordamni o‘z vaqtida rasmiylashtirmagani uchun tanqid qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"